Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Hujjatlar » URGANCH SHAHRI HUDUDIDAGI QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARNI TO‘PLASH VA OLIB CHIQIB KETISH BILAN BOG‘LIQ XIZMATLAR UCHUN TO‘LOV TARIFLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

URGANCH SHAHRI HUDUDIDAGI QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARNI TO‘PLASH VA OLIB CHIQIB KETISH BILAN BOG‘LIQ XIZMATLAR UCHUN TO‘LOV TARIFLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

6-01-2021, 14:03
79
XORAZM VILOYATI HOKIMINING
QARORI
URGANCH SHAHRI HUDUDIDAGI QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARNI TO‘PLASH VA OLIB CHIQIB KETISH BILAN BOG‘LIQ XIZMATLAR UCHUN TO‘LOV TARIFLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA

“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiya va ko‘rsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi 381-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 625-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. “URGANCH AVTO EKO TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyatining Urganch shahar hududidagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z texnikasi bilan markaziy chiqindi saqlash obyektiga qattiq maishiy chiqindilarni olib borib joylashtirganligi uchun to‘lov tariflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Urganch shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga hamda ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga “URGANCH AVTO EKO TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholidan chiqindilarni to‘plab olib ketganligi uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lanishida yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishlari tavsiya qilinsin.
3. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (M. Iskandarov) viloyat G‘aznachilik boshqarmasi (B. Panayev) bilan birgalikda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning harajatlar smetasida qattiq maishiy chiqindilarini tashib chiqarish xarajatlari bo‘yicha belgilangan normativlar asosida zarur mablag‘larni rejalashtirilishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida e’lon qilinsin va davlat hisobiga olish hamda “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi” (lex.uz)da rasmiy e’lon qilish uchun uch kunlik muddatda viloyat adliya boshqarmasiga yuborilsin.
5. Xorazm viloyat hokimligining “Axborot xizmati” (Sh. Qarriyev) mazkur qarorni hokimlikning veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari K. Igambergenov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim F. ERMANOV
Urganch sh.,
2019-yil 18-aprel,
185q-son
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.